O‘zbekiston futbol terma jamoasi bosh murabbiyining yordamchisi Timur Kapadze o‘z lavozimini tark etdi. Futbol assotsiatsiyasi xabariga ko‘ra, mutaxassis yangi taklif olgan va faoliyatini bosh murabbiy sifatida davom ettirish niyatida.
Assotsiatsiyaga yo‘llagan bayonotida Kapadze «murabbiylik faoliyatini yangi bosqichda davom ettirmoqchi» ekanini ta’kidladi. Federatsiya rahbariyati unga mamlakat futbolini rivojlantirishdagi hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi va yangi bosqichda muvaffaqiyat tiladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Timur Kapadze Srеchko Katants o‘rniga milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Uning qo‘l ostida jamoa Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, tarixda ilk bor final bosqichiga yo‘l oldi. Muhim o‘yinlar orasida Qirg‘iziston (1:0) va Qatar (3:0) ustidan g‘alabalar, shuningdek, Eron va BAA bilan durang natijalar bor.
Bundan avval Kapadze O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini ham ilk bor mamlakat tarixida Olimpiya o‘yinlariga olib chiqqan edi. Ushbu voqea asosida “Ko‘rinmas medal” nomli hujjatli film suratga olingan.