Sport
10.09.25
7563

O‘zbekiston U-23 yoshlar terma jamoasi Osiyo Kubogi finaliga chiqdi.

O‘zbekiston U-23 yoshlar terma jamoasi Falastinni 2:1 hisobida mag‘lub etib, 2026-yilda Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi final bosqichida ishtirok etishni kafolatladi.

O‘zbekiston U-23 yoshlar terma jamoasi Falastinni 2:1 hisobida mag‘lub etib, Osiyo Kubogi final bosqichida ishtirok etishni kafolatladi. Bu g‘alaba hisobiga jamoa 7 ochko to‘plab, guruhdagi yetakchiligini saqlab qoldi va to‘plar nisbati +5 ga yetdi.

O‘zbekiston tarkibida 25-daqiqada Behruz Asqarov va 85-daqiqada Rustam Turdimurodov gol urdi. Raqib safida 70-daqiqada Muhammad Sanduka kiritgan gol bilan ajralib turdi.

Guruh so‘nggi turida mezbonlar — Shri-Lankaga qarshi o‘yin natijasi endi o‘zbekistonliklarning holatiga ta’sir qilmaydi: reglamentga ko‘ra, final bosqichiga guruh g‘oliblari va eng yaxshi to‘rtta ikkinchi o‘rin egasi yo‘l oladi. Shunday qilib, O‘zbekiston terma jamoasi allaqachon turnir yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Osiyo Kubogining final o‘yinlari 2026-yil 7–25 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev FIFA rahbari Janni Infantino bilan uchrashgan edi. Infantino O‘zbekistonni milliy terma jamoaning AQShda o‘tadigan 2026-yilgi jahon chempionati final bosqichiga chiqishi bilan tabrikladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu natijaga mamlakatda sport rivojiga qaratilgan islohot va e’tibor sabab bo‘ldi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling