Siyosat
24.09.25
7685

Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasida: Afg‘onistanni ajratib bo‘lmaydi, G‘azada tinchlik zarur, Ukraina — muloqot tarafdori

Prezident Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasida Afg‘onistonni izolyatsiya qilmaslikka, G‘azodagi urushni to‘xtatishga chaqirdi va Ukraina bo‘yicha muloqotni qo‘llab-quvvatladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-sentyabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi umumiy siyosiy munozaralarida nutq so‘zladi. O‘z murojaatida u Afg‘oniston, G‘azo sektori va Ukraina masalalariga to‘xtaldi.

Afg‘oniston
Davlat rahbari global va mintaqaviy xavfsizlikni Afg‘onistonsiz tasavvur qilib bo‘lmasligini ta’kidladi. U xalqaro hamjamiyatni afg‘on xalqi tinch hayoti yo‘lida sa’y-harakatlarni birlashtirishga chaqirdi hamda mamlakatni izolyatsiya qilishdan ogohlantirdi. Shuningdek, Mirziyoyev Afg‘oniston hududi orqali xalqaro transport va energetika yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha BMT rezolyutsiyasini qabul qilishni taklif qildi.

G‘azo sektori
Prezident G‘azodagi og‘irlashib borayotgan gumanitar inqirozdan tashvish bildirdi. U harbiy harakatlarni to‘xtatishga va muzokaralarni davom ettirishga chaqirdi hamda BMT rezolyutsiyalariga muvofiq “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyiliga sodiqligini tasdiqladi.

Ukraina
Ukraina atrofidagi vaziyatni sharhlar ekan, Mirziyoyev jiddiy xavotirini bildirib, uni diplomatik yo‘l bilan hal etish bo‘yicha yuqori darajadagi muloqotning boshlanishini olqishladi.

Terrorizmga qarshi kurash
Prezident Markaziy Osiyoda BMTning Global aksilterror strategiyasi doirasidagi ishlarni eslatib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston BMT bilan hamkorlikda tuzilgan ekspertlar kengashini Xalqaro kompetensiyalar markaziga aylantirishni taklif etmoqda, shuningdek, mamlakat hududida BMT Aksilterror boshqarmasining mintaqaviy ofisini ochish uchun sharoit yaratishga tayyor.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling