Siyosat
17.10.25
7392

Putin O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevni Do‘stlik ordeni bilan taqdirladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevni hamkorlik va qonun ustuvorligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun Do‘stlik ordeni bilan taqdirladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevni Do‘stlik ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Mukofot Yo‘ldoshevning MDH hududida qonun ustuvorligini mustahkamlash, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish hamda prokuratura organlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi uchun berildi. Shuningdek, u Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashdagi faol ishtiroki uchun ham e’tirof etildi.

Nig‘matilla Yo‘ldoshev 2019 yildan beri O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga rahbarlik qilib keladi va 2024-yil iyun oyida qayta tayinlangan edi.

Do‘stlik ordeni Rossiyada 1994 yilda ta’sis etilgan bo‘lib, u mamlakatlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va xalqlar o‘rtasida o‘zaro tushunishni mustahkamlashga hissa qo‘shgan shaxslarga beriladi. Avvalroq ushbu mukofot bilan o‘zbek madaniyati vakillari — Farruh Zokirov va Sevara Nazarxon ham taqdirlangan edi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling