Siyosat
28.11.25
7355

Mirziyoyev yetti davlatning yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev yetti davlatning yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib, global geosiyosiy chaqiriqlar davom etayotgan bir paytda ularning o‘rnini alohida qayd etdi. Diplomatlar O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yetti davlatning yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi. 27 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan marosimda quyidagi diplomatlar o‘z vakolatlarini taqdim etdi:

— Gretsiya elchisi Paraskevi Tseveleki;
— Indoneziya elchisi Siti Ruhayni Juhayatin;
— Latviya elchisi Girts Yaunzems;
— Fransiya elchisi Valed Fuk;
— Rossiya elchisi Aleksey Yerxov;
— Yaponiya elchisi Kendzi Hirata;
— Tojikiston elchisi Nasriddin Ismatullo.

Prezident elchilarni O‘zbekistonda o‘z faoliyatini boshlagani bilan tabriklab, kuchayib borayotgan global geosiyosiy va iqtisodiy chaqiriqlar sharoitida diplomatiya ahamiyati yanada ortib borayotganini ta’kidladi.

«Siz mamlakatimizda bir necha oydan beri faoliyat yuritayapsiz va davlatimiz qanchalik tez rivojlanayotgani, jahon diplomatiyasining muhim markazlaridan biriga aylanib borayotganini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rib turibsiz», — dedi prezident elchilarga murojaat qilib.

Shuningdek, u taqdimot qilingan davlatlar hukumatlariga O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoniga ko‘rsatgan ko‘magi uchun minnatdorlik bildirdi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling