O‘zbekiston davlat universitetlarida bakalavriat va magistratura bo‘yicha ta’lim shartnomalari uchun asosiy narxlar qayta ko‘rib chiqildi.
Oliy ta’lim vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, eng qimmat yo‘nalishlar «xalqaro siyosat», «huquq» va «moliya» bo‘ldi. «Xalqaro siyosat» bakalavriati bo‘yicha ta’lim 11,5–13,7 mln so‘mni, magistraturada esa 14,6 mln so‘mgacha turadi.
Gumanitar fanlar, qishloq xo‘jaligi va ishlab chiqarish yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat shartnomasining narxi 7,4–9,4 mln so‘mni tashkil qiladi. Sog‘liqni saqlash sohasida ta’lim narxi 10,5–12 mln so‘m, magistraturada esa 14,7 mln so‘mgacha belgilangan.
Transport va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishlarida shartnoma narxi 10,4 mln so‘mgacha etadi.