Moliya
01.12.25
7302

O‘zbekistonliklar soliqlari qayerga sarflanishini ko‘ra oladi: “Ochiq byudjet”ning yangi moduli ishga tushirilmoqda

2026 yildan boshlab “Ochiq byudjet” portalida fuqarolarga o‘z soliqlarining qayerga sarflanayotganini kuzatish imkonini beruvchi modul ishga tushadi

O‘zbekistonda fuqarolarga o‘zlari to‘lagan soliqlarning qanday sarflanayotganini kuzatish imkonini beruvchi raqamli tizim joriy etilmoqda. Prezident qaroriga ko‘ra, yangi funksional 2026 yil 1 yanvardan “Ochiq byudjet” portalida ishga tushadi.

“Jismoniy shaxslar solig‘i hisobidan xarajatlar” moduli foydalanuvchilarga daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i va yer solig‘i ko‘rinishida to‘lagan mablag‘lar harakatini ko‘rish imkonini beradi. Ma’lumotlar davrlar kesimida, shuningdek byudjet yo‘nalishlari bo‘yicha aks ettiriladi.

Tizim aholining soliqlari hisobidan qaysi byudjet yo‘nalishlari moliyalashtirilayotgani haqida doimiy ravishda ochiq ma’lumot taqdim etadi. Bu esa shaffoflikni oshirish va davlat institutlariga ishonchni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Joriy yilning to‘qqiz oyi davomida byudjetga tushgan soliq tushumlari 158,7 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga oshdi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling