Moliya
28.10.25
7536

O‘zbekiston meva va sabzavot eksportidan 1,5 milliard dollar daromad oldi

To‘qqiz oy ichida O‘zbekiston 1,6 million tonna meva-sabzavot mahsulotini 1,5 milliard dollarlik qiymatda eksport qildi. Eksport hajmi 7,5 foizga oshdi.

O‘zbekiston joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida qiymati qariyb 1,5 milliard dollar bo‘lgan 1,6 million tonna meva va sabzavot eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan eksport hajmi 111,5 ming tonnaga yoki 7,5 foizga oshgan. Meva-sabzavot sektori mamlakat umumiy eksport hajmining 5,5 foizini tashkil etdi.

Eksport tarkibi quyidagicha:

  • mevalar va rezavorlar — 456,1 ming tonna;

  • sabzavotlar — 504,4 ming tonna;

  • tarvuz va qovun — 229,2 ming tonna;

  • yer yong‘oq va yong‘oqlar — 17,7 ming tonna;

  • asal — 36,4 ming tonna;

  • boshqa mahsulotlar — 362,5 ming tonna.

Avvalroq prezident issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qaror imzolagan edi. Unga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan issiqxona egalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foizgacha kamaytiriladi. Imtiyoz 2028-yil oxirigacha amal qiladi.

Batafsil yangiliklar Telegram kanalida
Obuna boʻling