O‘zbekiston Markaziy banki oltin narxining oshishi milliy valyutaning mustahkamlanishi bilan bog‘liq emasligini rad etdi. Bu haqda 19-sentabr kuni o‘tkazilgan media-dialogda MB xalqaro zaxiralarni boshqarish departamenti rahbari Sanjar Valiev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oltin-valyuta zaxiralari chet el valyutasida shakllanadi va statistikada AQSh dollarida aks etadi, shu sababli bu jarayonda so‘m kursi ishtirok etmaydi.
“Chunki oltin-valyuta zaxiralari chet el valyutasida shakllanadi, \[oltin narxi o‘sishi va dollar kursi o‘rtasida] bog‘liqlik yo‘q. Bu so‘mga aloqador emas”, — deya ta’kidladi Valiev.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston 8,4 milliard dollarlik oltin eksport qildi — bu o‘tgan yilga nisbatan 68,5% ko‘pdir.
Bundan avval dollar kursi so‘mga nisbatan 12 200 dan pastga tushib, so‘nggi ikki yildagi eng minimal darajaga yetgandi.